21:50 / 26.07.2019
2 603

Prezident Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirishga ko‘rsatma berdi

Prezident Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirishga ko‘rsatma berdi
Samarqand tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Davlat rahbari mazkur viloyatga safardan asosiy maqsad turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish ekanini ta’kidladi. Xususan, Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirish zarurligini aytib, Bosh vazir o‘rinbosari va viloyat hokimiga shu yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 23 iyulda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan tizim asosida ishlab, muhitni o‘zgartirish, tadbirkorlarga hamma sharoitni yaratib berish zarurligi qayd etildi.

Prezident hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan suhbatlashib, har bir tuman iqtisodiyotini alohida muhokama qildi. Ularning takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirishga ko‘rsatma berdi