09:52 / 29.07.2019
3 452

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 30 iyul - 2 avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 30-31 iyul va 1 avgustda 22-27 daraja, 2 avgustda 24-29 daraja, kunduzi 30-31 iyulda 35-40 daraja, 1 avgustda 37-42 daraja bo‘ladi, 2 avgustda 33-38 daraja issiq.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kuni ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?