15:20 / 01.08.2019
2 776

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Foto: «Xabar.uz»
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.
Bosh vazir bugun, 1 avgust kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

O‘zbekiston hukumati rahbari Qirg‘iziston Respublikasi prezidentiga qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, fan-texnika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik yildan yilga rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 446,5 million dollarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 marta oshgani qayd etildi.

– Yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkoniga egamiz – dedi Abdulla Aripov. – Buning uchun mamlakatlarimizda yetarli salohiyat mavjud.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi