12:30 / 06.08.2019
2 729

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi
O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida 2017 yil 25 oktyabr kuni imzolangan turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim joriy yil 1 avgustidan kuchga kirdi.

Bitimni imzolashda fuqarolarni ilm-fan, ijtimoiy rivojlanish, madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlar hamda tabiat, diqqatga sazovor joylar, tarixiy yodgorliklar va ikki xalq madaniy an’analari bilan tanishtirish uchun sayyohlik sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan.

Hujjatga muvofiq tomonlar xalqaro anjumanlar, forumlar, seminarlar, ko‘rgazmalar, OAVda nashrlar orqali «Buyuk ipak yo‘li» va boshqa shu kabi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari va brendlarini ilgari surishga ko‘maklashadilar.

Bitimga ko‘ra tomonlar sayyohlik sohasidagi korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi