O‘zbekiston beshinchi marta o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlari ArMI-2019 musobaqalari natijalariga ko‘ra 5-o‘rin egalladi.
Musobaqalarda 39 ta davlatdan 223 ta jamoa va 5 mingdan ko‘proq harbiy ishtirok etdi. 10 ta davlat hududida umumiy hisobda 32 ta tanlov o‘tkazildi: 15 ta musobaqa Rossiyada, 4 ta Xitoyda, 3 ta Qozog‘istonda, ikkitadan Belarus va Eronda hamda bittadan musobaqa Ozarboyjon, Armaniston, Hindiston, Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda ham musobaqalardan biri o‘tkazildi: “Forish” poligonida “Harbiy-tibbiy estafeta” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik harbiylar 14 ta tanlovda ishtirok etishib, 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Eron, Armaniston, Ozarboyjon, Mo‘g‘uliston va Hindiston egalladi.
Hamyurtlarimiz “Elbrus halqasi” tanlovi doirasida Yevropa va Rossiyaning eng baland cho‘qqisi bo‘lmish Elbrusga ko‘tarilishda hamda “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida birinchi bo‘lishdi.
ArMIda 1-o‘rinni 31 ta medal bilan Rossiya, 2-o‘rinni 12 ta medal bilan xitoyliklar egalladi. 3- va 4-o‘rinlar Qozog‘iston va Belarus harbiylariga nasib etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»