22:44 / 22.08.2019
3 948

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti uchta xavfdan xavotirda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti uchta xavfdan xavotirda
Foto: “Fotolia”

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) organizmga tushayotgan mikroplastikni odamlar salomatligi uchun xavfli deb hisoblamaydi, biroq olimlarni uning taʼsirini oʻrganishga chaqirdi. Bu haqda Xabar.uz xabar berdi.

“Biz zudlik bilan plastmassa mikrozarralarining salomatlikka taʼsiri haqida chuqur bilimga ega boʻlishimiz zarur, negaki bu zarralar har joyda bor, jumladan, biz ichayotgan suvda ham. Bizdagi mavjud maʼlumotlarga koʻra hozirgi kunda ichimlik suvidagi mikroplastik konsentratsiyasi salomatlik uchun xavf solmaydi. Biroq biz koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishimiz zarur. Shuningdek, butun dunyoda plastik ifloslanish oʻsishini toʻxtatishimiz zarur”, — dedi JSST departament direktori, doktor Mariya Neyra.

JSST maʼlumotiga koʻra, 150 mikrometrdan yirikroq plastmassa mikro zarralari odam organizmiga soʻrilmaydi.

Shuningdek, tashkilot vakillari mikroplastik uchta shaklda xavf tugʻdirishidan ogohlantirdi: u odam uchun fizik xavf solishi mumkin, mikroplastikdan ajralib chiqqan kimyoviy modda organizmni zaharlashi, bundan tashqari, mikroplastikdagi mikroorganizmlar ham toksik xususiyatga ega boʻlishi ehtimoldan xoli emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti uchta xavfdan xavotirda