22:47 / 08.09.2019
3 894

Aholi soni bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinda turgan davlat O‘zbekistonga ziyorat turizmini yo‘lga qo‘ymoqchi

Aholi soni bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinda turgan davlat O‘zbekistonga ziyorat turizmini yo‘lga qo‘ymoqchi
Foto: Xabar.uz
9-11 sentyabr kunlari Bangladesh Xalq Respublikasi savdo vaziri janob Tipu Munshi rahbarligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo‘ladi. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Mosud Mannan bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Elchi jurnalistlarga delegatsiya tashrifidan ko‘zlangan maqsad haqida so‘zlab berdi. Xususan, delegatsiya a’zolari Bangladeshning biznes, turizm, tekstil, muzlatigan dengiz mahsulotlari, teriga ishlov berish, farmatsevtika yo‘nalishlarida erishgan yutuqlari taqdimotlarini o‘tkazib, dasturiy mahsulotlar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini batafsil o‘rganishni maqsad qilgan.

Savdo vaziri janob Tipu Munshi O‘zbekistonga bangladeshliklarning ziyorat turizmini yo‘lga qo‘yish va o‘z navbatida, o‘zbekistonliklar uchun Bangladeshga ekologik sayohatlarni tashkil qilish yuzasidan muzokaralar olib bormoqchi. Bu borada kelishuvlarga erishish uchun u O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan o‘tkaziladigan davra suhbati va O‘zbekiston tekstil anjumani ochilish marosimida qatnashadi. Shuningdek, yuqori martabali mehmon Samarqandning tarixiy ziyoratgohlarida ham bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, 1971 yilning 26 martida davlat mustaqilligini e’lon qilgan Bangladesh aholi soni bo‘yicha dunyoda sakkizinchi, hududining kattaligi bo‘yicha 92 o‘rinda turadi. Shuningdek, Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni zabt etgan. Mamlakat iqtisodining o‘sishida taniqli iqtisodchi Muhammad Yunusning xizmatlari katta. U Bangladeshda o‘ziga xos mikrokreditlash tizimini muvaffaqiyatli joriy qilgan. Bu xizmatlari uchun 2006 yili Muhammad Yunus Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Aholi soni bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinda turgan davlat O‘zbekistonga ziyorat turizmini yo‘lga qo‘ymoqchi