Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining davlat tashriflari, oliy darajadagi boshqa uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va to‘laqonli bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil boshida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida eng muhim sohalar, xususan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashilgan.
Tomonlar o‘zaro manfaatdorlik va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasi, shuningdek, uni yanada kengaytirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi