13:23 / 14.10.2019
2 954

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 15 - 18 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15 oktyabrda 18-23 daraja, 16-18 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15 oktyabrda 17-22 daraja iliq, 16-18 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15 oktyabrda 20-25 daraja, 16-18 oktyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15 oktyabrda 17-22 daraja iliq, 16-18 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-18 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?