13:04 / 24.10.2019
2 730

O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda top-20 mamlakat qatoriga kirdi

O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda top-20 mamlakat qatoriga kirdi
So‘nggi bir yilda O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng katta yutuqlarga erishgan 20ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to‘rtta islohotni amalga oshirdi. Bu haqda Jahon bankining Doing Business 2020 yangi har yillik hisobotida aytilgan.

2019 yilda O‘zbekiston «Biznes yuritish» reytingida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 100 balldan 69,9 ball to‘pladi. 2018 yildan beri mamlakat 76-pog‘onadan 7 o‘rin yuqoriga ko‘tarildi. Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlat - Tojikiston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston va Kosovo bilan birgalikda O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng katta yutuqlarga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.

Ushbu sohadagi asosiy islohotlar quyidagilar:
- asosiy korporativ qarorlar qabul qilishda aksiyadorlarning huquqlari va o‘rnini kengaytirish, mulkchilik va boshqaruv tuzilmalarini aniqlashtirish, shuningdek, korporativ shaffoflikni oshirish orqali minoritar investorlar himoyasini kuchaytirish;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga soliqlarini daromad solig‘i bilan birlashtirish orqali soliqqa tortishni soddalashtirish;
- xatarga asoslangan bojxona nazorati mexanizmini joriy etish, shuningdek, import hujjatlariga talablarni yengillashtirish orqali xalqaro savdoni soddalashtirish;
- ixtiyoriy mediatsiya to‘g‘risida qonun qabul qilish orqali shartnomalar ijrosini soddalashtirish, shuningdek, taraflarni nizolarni mediatsiya orqali hal qilishga undash uchun moliyaviy rag‘batlar yaratish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda top-20 mamlakat qatoriga kirdi