16:00 / 25.10.2019
3 189

2020 yildan O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 86taga yetadi (ro‘yxat)

2020 yildan O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 86taga yetadi (ro‘yxat)
Foto: Shutterstock
Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarboyjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

Qolgan mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan. Vizasiz rejim sanab o‘tilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qo‘llaniladigan, uning o‘rniga o‘tadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak bo‘lgan boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak.

Vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar xorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan ko‘p bo‘lish zarurati holatlarida xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.

Ro‘yxatda 66 dan 85 gacha ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.

Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali ko‘pi bilan 7 kun muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud bo‘lganda 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.

Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz
rejim joriy qilingan mamlakatlar

RO‘YXATI

Cheklanmagan muddat:

1. Ozarboyjon Respublikasi
2. Gruziya
3. Armaniston Respublikasi
4. Belarus Respublikasi
5. Qozog‘iston Respublikasi
6. Moldova Respublikasi
7. Rossiya Federatsiyasi
8. Ukraina

60 kungacha:
9. Qirg‘iziston Respublikasi

30 kungacha:
10. Avstraliya Ittifoqi
11. Avstriya Respublikasi
12. Argentina Respublikasi
13. Bosniya va Gersegovina
14. Vatikan
15. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi
16. Vengriya
17. Bruney-Dorussalom davlati
18. Isroil davlati
19. Gretsiya Respublikasi
20. Irlandiya
21. Islandiya
22. Italiya Respublikasi
23. Kanada
24. Andorra Knyazligi
25. Lixtenshteyn Knyazligi
26. Monako Knyazligi
27. Belgiya Qirolligi
28. Daniya Qirolligi
29. Ispaniya Qirolligi
30. Niderlandiya Qirolligi
31. Norvegiya Qirolligi
32. Shvetsiya Qirolligi
33. Latviya Respublikasi
34. Litva Respublikasi
35. Malayziya
36. Mo‘g‘uliston
37. Yangi Zelandiya
38. Birlashgan Arab Amirliklari
39. Portugaliya Respublikasi
40. Bolgariya Respublikasi
41. Indoneziya Respublikasi
42. Kipr Respublikasi
43. Koreya Respublikasi
44. Malta Respublikasi
45. Polsha Respublikasi
46. San-Marino Respublikasi
47. Serbiya Respublikasi
48. Sloveniya Respublikasi
49. Tojikiston Respublikasi
50. Xorvatiya Respublikasi
51. Chili Respublikasi
52. Ruminiya
53. Singapur
54. Slovakiya Respublikasi
55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
56. Turkiya Respublikasi
57. Braziliya Federativ Respublikasi
58. Germaniya Federativ Respublikasi
59. Finlyandiya Respublikasi
60. Fransiya Respublikasi
61. Chernogoriya
62. Chexiya Respublikasi
63. Shveysariya Konfederatsiyasi
64. Estoniya Respublikasi
65. Yaponiya
66. Antigua va Barbuda
67. Barbados
68. Beliz
69. Grenada
70. Dominika Respublikasi
71. Meksika Qo‘shma Shtatlari
72. Gvatemala Respublikasi
73. Gonduras Respublikasi
74. Kosta-Rika Respublikasi
75. Kuba Respublikasi
76. Nikaragua Respublikasi
77. Panama Respublikasi
78. Trinidad va Tobago Respublikasi
79. El-Salvador Respublikasi
80. Sent-Vinsent va Grenadin
81. Sent-Lyusiya
82. Bagama Orollari Hamdo‘stligi
83. Dominikana Hamdo‘stligi
84. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi
85. Yamayka

7 kundan ko‘p bo‘lmagan:
86. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2020 yildan O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 86taga yetadi (ro‘yxat)