Foto: Madaniyat vazirligi
Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev Shanxay Hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi V.Norov bilan rasmiy uchrashdi.
Uchrashuv davomida madaniy, gumanitar va millatlarning tarixiy madaniy meros boyliklarini saqlagan holda ikkitomonlama hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashildi. Bir qator madaniyat va san’at yo‘nalishlarida, shu bilan birga yurtimizdagi madaniy meros ob’ektlariga turistlar oqimini ko‘paytirish masalalari yuzasidan batafsil kelishib olindi.
Shuningdek, Bosh kotib tomonidan Xitoy davlatida O‘zbekiston Madaniyati kunlarini o‘tkazish taklifi ilgari surildi. O‘z navbatida Madaniyat vaziri ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlab, milliy qadriyatlarimizni va madaniyatimizni xitoyliklarga ko‘rsatish fursatidan xursandligini bildirdi. Shuningdek, V.Norov va B.Sayfullayev «ShOSning 9 notasi» nomli tanlovini yangi ko‘rinishida, ya’ni folklor jamoalarining tanlovi va «Miss ShOS» ko‘rik tanlovi loyihalarini o‘tkazish kabi takliflarni ham suhbat davomida aytib o‘tishdi.
Bosh kotib xitoyliklar turli davlatlarda «Buyuk ipak yo‘li»da 30 dan ortiq yangi karvon saroylarni barpo etishi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Bu bilan O‘zbekistonda ham karvonsaroylar qurilishi rejalashtirilganini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi