22:15 / 06.11.2019
2 712

Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun 5-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda “Daryo” sayti.

Qonunga muvofiq, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi chiqarib tashlandi.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga 18 yoshgacha boʻlgan, Oʻzbekistonda doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs 16 yoshga toʻlishi munosabati bilan yashash guvohnomasini oʻz vaqtida olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmasligini nazarda tutuvchi norma kiritildi.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi