14:30 / 23.11.2019
4 346

24-noyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

24-noyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq boʻladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻldi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qor boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 24-noyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti