23:59 / 24.11.2019
5 745

Gidrometeorologiya xizmati qish qanday boshlanishini prognoz qildi

Gidrometeorologiya xizmati qish qanday boshlanishini prognoz qildi
Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra joriy yildagi kabi quruq kuz juda kam kuzatiladi. Oxirgi 20 yil ichida 2002 va 2007 yillarning kuz fasllari ham quruq bo‘lgan, 2013 yilgi kuz esa bu yilgiga o‘xshash bo‘lgan.

Harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bu yilgi sentyabr, oktyabr oylari asosan iliqroq, ayrim joylarda meyordan iliqroq, noyabr oyida esa odatdagidan sovuq bo‘ldi.

Kechadan boshlab havo keskin o‘zgardi. Respublika hududining katta qismida, shimoliy tumanlardan tashqari, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylandi. Tohli hududlarda bu yilgi mavsumdagi birinchi qor qoplami hosil bo‘ldi.

Havo harorati kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha pasaydi.
Mamlakatning shimoli - Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida tungi harorat 12-15 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha tushib ketdi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab bulutli ob-havo saqlanib turdi. Shimoliy hududlardan tashqari boshqa joylarda yog‘ingarchilik, ko‘proq qor yog‘di. Harorat sezilarli o‘zgarmaydi.

Dushanbadan yog‘ingarchilik to‘xtaydi
Dushanba kunidan boshlab yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi. Lekin haftanning oxirigacha sovuq havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalabki soatlarda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Hozircha faqat dekabr oyi to‘g‘risida gapirish mumkin. O‘zgidromet jahonning yetakchi ob-havo markazlari ma’lumotlariga tayanib berayotgan baholariga ko‘ra dekabr o‘rtacha nam va harorat bo‘yicha me’yorlarga yaqin bo‘ladi. Oy davomida harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

"Yanvar va fevral to‘g‘risida gapirishga hali erta. Faqat O‘rta Osiyo qishlarining iqlimiy xususiyatlari to‘g‘risida gapirish mumkin", - deyiladi ma’lumotda.

Qish qisqa va kam qorli bo‘ladi
Ta’kidlanishicha, odatda O‘zbekistonda qishlar qisqa va kam qorli. Bu yerda qish faslining o‘ziga xos xususiyati — haroratining keskin o‘zgarib turishida. Bunda issiq havo to‘lqinlari sovuq havo bilan almashib turadi. Harorat sovuq bo‘lganda yoqqan qor havo ilishi bilan erib ketgani sababli, barqaror qor qoplami hosil bo‘lmaydi. Deyarli har yili sovuq qishlardan tashqari harorat tushib ketadigan qisqa muddatlar kuzatiladi. Kechasi sovuq 10-13 daraja, ba’zan undan ham past bo‘lishi mumkin. Harorat 15-18 darajaga ko‘tariladigan davrlar ham bo‘ladi. Oxirgi kuzatuvlar davomida eng sovuq davrli qish 2007-2008 yilga to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin. O‘shanda sovuq dekabrning oxiridan fevralning o‘rtasigacha davom etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Gidrometeorologiya xizmati qish qanday boshlanishini prognoz qildi