14:41 / 08.12.2019
3 558

Shavkat Mirziyoyev OAV va blogerlar faoliyatiga qanday baho berdi? (video)

Shavkat Mirziyoyev OAV va blogerlar faoliyatiga qanday baho berdi? (video)
7-dekabr kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtgani haqida xabar bergandik.

Xushnudbek.uz kanalining yozishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida soʻnggi uch yilda erishilgan yutuqlardan biri sifatida mamlakatda soʻz erkinligi va ochiqlik siyosati yoʻlga qoʻyilganini alohida eʼtirof etdi.

Katta rahmat, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga. Koʻp-koʻp narsalar Oʻzbekistonda ochiq aytilyapti, hamma buni koʻrib turibdi. Lekin bitta narsani bilinglar, bu ochiqlik hech qachon orqaga qaytmaydi! Qancha koʻp ochiqlik boʻlsa, ommaviy axborot vositalari odamlarimizga haqiqiy muammolarni qancha koʻp yetkazsa, men rahbar sifatida ulardan minnatdor boʻlaman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, prezident Oʻzbekistonda hech kim OAVning qonuniy faoliyatiga tazyiq oʻtkazmasligini qatʼiy taʼkidlagan.

Tanqid albatta kerak. Mana tanqid boʻlyapti, xulosa ham boʻlyapti. Lekin biz hammamiz izlanishdamiz, oʻrganishdamiz. Yangi Oʻzbekiston quryapmiz, bir-birimizga tayanib, xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Yana bir marta takrorlayman, hamma bilishi kerak: Oʻzbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi”, deya qayd etdi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev OAV va blogerlar faoliyatiga qanday baho berdi? (video)