12:43 / 13.12.2019
2 862

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Ertaga O‘zbekiston hududiga ayrim joylarda qorga aylanadigan yomg‘irli sovuq va nam havo oqimlari kiradi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Haroratning sutkalik o‘zgarishi unchalik katta bo‘lmaydi, kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi esa 3-5 daraja iliqdan oshmaydi, bu oyning shu kuni uchun xos bo‘lgan harorat me’yoridan 3-5 darajaga pastdir.

Yakshanba kuni sovuq havo yog‘ingarchilikni surib chiqaradi, tungi va ertalabki soatlarda tuman hosil bo‘lib, ayrim joylarda ko‘rinish yomonlashishi mumkin.

Tungi sovuq 3-5 darajagacha yetadi, kunduzi harorat 0-5 daraja iliq atrofida bo‘lib, avvalgidek kun me’yoridan past.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?