13:30 / 14.12.2019
4 085

Mehnat vaziri: O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilgandan keyin patent to‘lovi bekor bo‘ladi

Mehnat vaziri: O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilgandan keyin patent to‘lovi bekor bo‘ladi
Nozim Husanov/Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisi arafasida Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda senatorlar O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgan taqdirda mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat qilgani uchun undiriladigan patent to‘lovining bekor bo‘lish yo bo‘lmasligi bilan qiziqishdi.

Qo‘mita yig‘ilishida Xalqaro mehnat tashkilotining Ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosat to‘g‘risidagi konvensiyasi ijro etilishi yuzasidan axborot bergan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilgan taqdirda patent to‘lovi bekor bo‘lishini ma’lum qildi.

«O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgandan keyin patent to‘lovi bekor bo‘ladi. Ittifoqqa a’zo davlatlarning fuqarolari teng huquqli bo‘lib qoladi», - deydi Nozim Husanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mehnat vaziri: O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilgandan keyin patent to‘lovi bekor bo‘ladi