17:12 / 20.12.2019
4 397

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Bugun respublikaning katta qismida ob-havo quruq va kam bulutli, faqat shimoliy tumanlarda sovuq front o‘tishi tufayli ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 5-10 daraja iliqni, shimolda 2-7 daraja iliqni tashkil qiladi.

«O‘zgidromet»ning yozishicha, shanba kuni sovuq oqim butun respublika hududiga tarqaladi. Ayrim joylarga yog‘gan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda shanba kuni havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. G‘arbdan 5-10 m/s esgan shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha harorat kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil qiladi, bu shu kun uchun xos bo‘lgan harorat me’yoridan 3-5 darajaga past.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi, harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
O‘zbekiston tog‘li hududlarida ob-havoning o‘zgarishi kutilmoqda.

Juma kuni tog‘li hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat nol daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari tog‘larda ob-havo keskin yomonlashadi. Hamma joyga qor yog‘adi, ayrim joylarda qor kuchli bo‘ladi, shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayadi, ko‘rinish 50-100 metrgacha pasayadi.

Yo‘llarda qor uyumlari va yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin.
19-23 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chki xavfi mavjud.

Harorat kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 2-5 daraja sovuqqacha tushadi.
Yo‘llarda va tog‘ yonbag‘irlariga chiqishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?