18:10 / 26.12.2019
4 465

Shavkat Mirziyoyev fevral oyida Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev fevral oyida Rossiyaga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 5 fevralida Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Fevral oyi boshida. Bu protokolga bog‘liq, qolaversa Yangi yil. Ammo hozircha 5 fevral deyishmoqda. 5 fevralga tayyorlanyapmiz: Rossiya tomoni ham, O‘zbekiston tomoni ham. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda», degan diplomat.

U davlatlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi bemisl darajada o‘sib borayotgani, ikki davlat prezidentining siyosiy muloqoti mustahkamlanishda davom etayotganini qayd etib o‘tgan.

Nematovning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyeyov Rossiya prezidentida 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba kuni bayramida ishtirok etish uchun ham taklif olgan.

«Vladimir Vladimirovich Putindan taklifnoma borligini bilaman. O‘sha yerda hamma yig‘iladi. O‘ylashimcha, O‘zbekiston prezidenti ham u yerga boradi. Taklifnoma bor, albatta, ushbu taklif qabul qilingan», degan vazir o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev fevral oyida Rossiyaga boradi