12:02 / 30.12.2019
2 810

O‘zbekistonda migrantlarga aloqador qonun loyihasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda migrantlarga aloqador qonun loyihasi ishlab chiqiladi
Foto: RIA Novosti
Respublikada “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, Qonun loyihasida:
- bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnat migratsiyasidan foydalanishning oldini olishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar;
- ishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, xorijiy davlatlar va vakolatli tashkilotlar bilan bitimlarni tuzish va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, fuqarolar manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar;
- xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat migratsiyasi munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi.

Mas’ul ijrochilar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 30 avgust, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 30 sentabr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda migrantlarga aloqador qonun loyihasi ishlab chiqiladi