21:12 / 09 января 2020
6 710

O‘zbekiston hududida AQSH harbiy bazalari joylashganmi?

O‘zbekiston hududida AQSH harbiy bazalari joylashganmi?
Co‘nggi kunlarda AQSHning Eron bilan o‘zaro ziddiyatlari jahon hamjamiyati e’tibori markazida bo‘lib kelmoqda. Xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari mazkur voqelik xususida o‘z yondashuvlariga ko‘ra turlicha munosabatlar bildirmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, 2019 yilning iyun oylaridan boshlab jahon axborot manbalarida AQSHning Eronning yondosh mamlakat hududlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan harbiy bazalar xaritasi e’lon qilina boshlangan.

AQSHning harbiy bazalari joylashtirilgan, deya tarqatilayotgan xaritalarda O‘zbekistonning Chirchiq va Xonobod hududlari ham ko‘rsatilgan.

Mazkur yondashuvlarga munosabat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga murojaat etilganda, O‘zbekiston hududida nafaqat AQSHning, balki boshqa biror mamlakatning harbiy bazalari joylashtirilmagani ma’lum qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)