3 727
«Ko‘pi qaytib kelib, ishlashga rozi emas» - Prezident xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislar haqida
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
«Men nima uchun vazirliklar, ko‘p-ko‘p joylarga yoshlarni qo‘yyapman. Ko‘p odamlarga yoqmaydi, menga yoqadi. Biz hammamiz kechagi zamonmiz, biz vaqtincha odamlarmiz, bizning zamonimiz boshqa. Hozir yosh vazirlarni qaranglar, to‘rtta tilni biladi, raqobatbardosh, gaplashishi ham dadil. Biz qo‘rquv zamonida yashaganmiz, ana shu asorati bizda qolgan. U og‘ir asorat, u asoratdan chiqish uchun yangi odam paydo bo‘lishi kerak, yangi jamiyat paydo bo‘lishi kerak. Biz shu jamiyatni paydo qildirishimiz kerak.
Mana, ertaga qo‘shma majlisda bosh vazirni saylaymiz, vazirlarni tavsiya qilamiz. Juda qiyin, qani endi yoshlar tayyor bo‘lganda. Nima uchun «umidchilar»ni olib kelyapman, boshqani olib kelyapman? Tanlashga. Fidoyi odam bo‘lsa, qancha bo‘lsa shuncha oylik berishga tayyorman. Millatparvar, xalqparvar bo‘lsa, qolganini men o‘sha... chetda o‘qigan bo‘lsa, millatparvar, xalqparvar bo‘lsa, hamma narsaga tayyorman. Lekin bir narsani aytaman: ko‘pi qaytib kelib, ishlashga rozi emas. Shuni ham bilishimiz kerak. Bu ham bizga saboq», - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi