14:00 / 01.02.2020
4 137

Shavkat Mirziyoyev: "Paxta millatimizga manfaat keltirmadi"

Shavkat Mirziyoyev: "Paxta millatimizga manfaat keltirmadi"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ziyolilar bilan uchrashuv vaqtida maktab o‘quvchilarning paxta terimi va boshqa turdagi ishlarga majburiy olib chiqilishining to‘xtatilgani sohaga bo‘layotgan e’tibor endilikda xalq ta’limi tizimida katta o‘zgarishlarni boshlashi kerakligi haqida gapirdi.

«20-30 yil nima bilan shug‘ullandik? 6 oy paxta, g‘alla bilan shug‘ullandik. Bunda qanaqa o‘qish bo‘lishi mumkin? Biz o‘qigan paytda o‘quvchilar sentabrning birinchisidan paxtaga olib ketilib, 28 dekabrda qaytarilardi. Mana shunday o‘qiganmiz. Nima uchun 6 oy?

O‘quvchilar 2 oy paxta chopiqqa ham chiqarilardi. Shunday tizimda o‘qigan o‘quvchidan qanday fanni so‘rash mumkin? O‘qituvchilar paxtadan kelib kelgusi yil paxta xayoli bilan yashardi
», dedi davlat rahbari 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv chog‘ida.

Prezident so‘nggi yillarda bu holatlarga barham berilganini ta’kidlab o‘tdi.
«Biz yuz yilgi tizimni ikki yilda olib tashladik. Birorta maktab o‘quvchisi paxtaga borayotgani yo‘q. Albatta, bu og‘ir edi, lekin shu qarorni qabul qila oldik. Bo‘lar ekan-ku. Paxtaning kimga keragi bor, u kimga manfaat olib keldi? Millatimizga manfaat olib kelgani yo‘q. Balo, azob olib keldi. «O‘zbek ishi», boshqa ishlar. Mehnatimizga tuhmatlar bo‘ldi.

Men nega bularni sizlarga aytyapman? Oldimizda turgan ishlarimizni faqat o‘zimiz qilamiz. Boshqa birov qilib bermaydi
», deydi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: "Paxta millatimizga manfaat keltirmadi"