3 fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent uchrashuvida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Muxriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari-Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etdi.
Delegatsiyalar rahbarlari o‘z nutqlarida 2015 yili Samarqand shahrida boshlangan vazirlar uchrashuvlarining formati o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishning dolzarb va samarali mexanizmi sifatida o‘zini namoyish etgani qayd etishdi.
Shuningdek, vazirlar uchrashuvida dolzarb mintaqaviy muammolar, xususan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?