16:53 / 04.02.2020
4 030

Rossiyalik vlogerlar o‘zbek milliy taomlarini dunyoga tanitmoqda (foto)

Rossiyalik vlogerlar o‘zbek milliy taomlarini dunyoga tanitmoqda (foto)
“Summerdays” YouTube kanali yurituvchilari rossiyalik vlogerlar Denis va Tanya Andijonga sayohat qilishdi. Denis va Tanya gastronomik turizm bo‘yicha vlog yuritib, o‘z obunachilarini o‘zbek oshxonasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirib borishadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Denis va Tanya Andijon shahriga kelgan kunidayoq mashhur “andijoncha choyxona palovi”ning tayyorlanish jarayonini suratga oldi va o‘z kanalida joylashtirdi. Ushbu videolavha allaqachon 186 ming martadan ortiq tomosha qilindi.

Viloyatga kelganlariga to‘rt kun bo‘lgan vlogerlar bugungacha Izboskan tumanidagi xonadonlardan birida shavla tayyorlanish, Andijon tumanidagi xonadonlardan birida “uy oshi” tayyorlanish, Shahrixon shahridagi pichoqchi hunarmandlarning milliy pichoq tayyorlash jarayonlari haqidagi videolavhalarni o‘zlarining YouTube kanallariga joylashtirishdi.

Videolavhalar 540 ming martadan ortiq tomosha qilindi. Denis va Tanya shuningdek Andijon shahrining diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishish va ular haqida ham ko‘rsatuv tayyorlashni ham rejalashtirgan. Ma’lumot uchun: Denis va Tanyaning “Summerdays” YouTube kanali obunachilari soni 171 ming nafardan ziyod bo‘lib, kanalga joylangan videoroliklar 40 million martadan ortiq tomosha qilingan.

Bu ularning O‘zbekistonga birinchi kelishlari emas. Ular avvalroq Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida ham bo‘lib, o‘z obunachilarini mazkur viloyatlarning o‘ziga xos taomlarini tayyorlash jarayoni bilan tanishtirishgan. Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu YouTube kanalining obunachilari turli mamlakatlardan bo‘lib, ular o‘z izohlarida tez orada O‘zbekistonga sayohat qilish niyatida ekanliklarini bildirishmoqda.

Ta’tilni Yevropadagi davlatlardan birida o‘tkazmoqchi edim, fikrimdan qaytdim. Yozgi ta’tilni, albatta, O‘zbekistonda o‘tkazaman”, — deb yozadi obunachilardan biri.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyalik vlogerlar o‘zbek milliy taomlarini dunyoga tanitmoqda (foto)