13:30 / 05.02.2020
3 617

6 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

6 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
«O‘zgidromet» respublikada 6 fevral, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 6 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?