11:53 / 07.02.2020
3 212

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi
"O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 182-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bojxona to‘lovlarini, shu jumladan bojxona to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyani to‘liq to‘lagan, yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan va tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi cheklangan va taqiqlangan tovarlarni olib o‘tish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno”.

Eslatib o‘tamiz, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) chegarani buzib o‘tish, ya’ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish yo‘li bilan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi