Bugun respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz, harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Biroq, kechga borib Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan ob-havo sharoitlari o‘zgaradi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlaridan tashqari qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Bunday sharoit ertaga kun bo‘yi davom etadi. Ertaga havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Ish haftasining o‘rtasida sovuq havo oqimining ta’siri ayniqsa kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi.
Ish haftasining oxirida ob-havo yana o‘zgaradi. Juma kuni mamlakat hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat oyning shu davri uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz yuqori. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi