13:44 / 05.03.2020
3 208

Retseptlar yozish bo‘yicha talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Retseptlar yozish bo‘yicha talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 228-2-moddasi bilan to‘ldiriladi:

“228-2-modda. Retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish
Tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish, shu jumladan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga retsept olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 59-2-moddasi bilan to‘ldiriladi:

“59-2-modda. Retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish
Tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish, shu jumladan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga retsept olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Retseptlar yozish bo‘yicha talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi