12:34 / 07.03.2020
4 584

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda olima ayol va qizlarning davra suhbati

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda olima ayol va qizlarning davra suhbati

Go‘zal bahor faslining ilk kunlari, “O‘zbegim ayoli-2020” Milliy mukofotining “Ziyoli ayol” nominatsiyasi g‘olibi – O‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi laboratoriyasining mudiri, katta ilmiy xodim, biologiya fanlar doktori Xurshida Ubaydullayeva Mirzo Ulugbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mehmon buldilar.

Ayol millat kelajagi, hayot davomchisi. Mamlakatimizda xotin-qizlarga alohida e’tibor, sharoit va g‘amxo‘rlik qilinayotganligi, kundan kunga yurtimizda boshqaruv tizimida aynan, hokim ayollar soni ortib borayotkanligi, olima va faol ayollarimizning el-yurt manfaati uchun mehnati alohida e’tirofga sazovor bo‘layotgani buning yorqin namunasidir.

Bugungi kun qahramonimiz, Xurshida Ubaydullayeva gen injeniriyasi bilan shug‘ullanadigan xalqaro miqyosda tanilgan olima, 100dan ortiq ilmiy izlanishlar va maqolalar muallifidir.
Shu munosabat bilan Mirzo Ulugbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda xalqaro xotin qizlar bayrami arafasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Agentlik tasarrufidagi Abdula Qodiriy ijod maktabi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi, Al-Xorazmiy va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatning qizlari taklif qilindilar. Bayram Mirzo Ulugbek maktab o‘quvchilari ishtirokida tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, aziz onalarimiz va munis ayollarimizga bag‘ishlangan kuy-u qo‘shiqlar bilan boshlandi.

Tantanali bayram tabrigidan so‘ng, kechaning aziz mehmoni Xurshida Ubaydullayevaga so‘z berildi. Ular yoshlikdagi orzulari, qiziqishlari va olima ayolning ilmiy ishlarni amalga oshirishdagi mashaqqatli yo‘li haqida qizlarga gapirib berdilar. Xurshida Ubaydullayevaning aytishlaricha, hayotdagi muvaffaqiyatlarning eng katta siri bu doimiy izlanishda bo‘lishdir. Ular inson hech qachon shijoat va harakatini yo‘qotmasligi kerak deb qizlarga maslahat berdilar.

Yurtimizning kelajak olima qizlari biologiya va kimyo fanlariga oid qiziqarli savollar berishdi. Xurshida Ubaydullayeva savollarga javob berar ekanlar, uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalarini bir kechalik tadbirda to‘liq gapirib berish biroz murakkab ekanini ta’kidlab, maktab o‘quvchilarini o‘zlari tadqiqot olib borayotgan markazga taklif qildilar.

Go‘zallik va nafosat, samimiylik va bahoriy kayfiyatda tashkil qilingan tadbir do‘stona kayfiyatda yakunlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda olima ayol va qizlarning davra suhbati