16:00 / 07.03.2020
2 987

O‘zbekiston vertolyot ishlab chiqaruvchi Airbus Helicopters kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

O‘zbekiston vertolyot ishlab chiqaruvchi Airbus Helicopters kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
Foto: Turizm qo‘mitasi
Vertolyot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Airbus Helicopters O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, kompaniyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari rahbari Ralf Veber O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan kechgan uchrashuvda shu haqida ma’lum qilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar 19-20 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum I Xalqaro aviatsiya forumi doirasida O‘zbekistonda vertolyot tashuvlarini rivojlantirishga oid erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lini muhokama qilishdi.

Vertolyotlardan nafaqat qutqaruv va tibbiyot maqsadlarida, balki turli ekskursiyalar, ekstremal turizm turlari, qoyaga chiqish, sportning tog‘-chang‘i turlari kabilarni tashkil qilishda ham foydalanish ehtiyoji mavjudligi ta’kidlandi.

Ralf Veberning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning vertolyot parki bilan ta’minlanganiga oid xalqaro tajribaga muvofiq 800-1 000 000 kishiga o‘rtacha 1 vertolyot to‘g‘ri kelishini inobatga olganda, O‘zbekistonning ushbu havo transportiga ehtiyojini qondirish uchun 25-30 vertolyot kerak bo‘ladi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar vertolyotlar tashuvi, uchuvchi, mexanik, texnologlar va boshqa personalni tayyorlash, seminar va treninglar tashkil qilish orqali O‘zbekistonning xususiy biznes vakillarini faol jalb qilish bo‘yicha qo‘shma kompleks loyihani ishlab chiqishga kelishib olishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston vertolyot ishlab chiqaruvchi Airbus Helicopters kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi