17:37 / 12.03.2020
3 150

O‘zbekiston qanday qilib “New-York Times” jurnalistlari uchun eng esda qolarli mamlakatga aylandi?

O‘zbekiston qanday qilib “New-York Times” jurnalistlari uchun eng esda qolarli mamlakatga aylandi?
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, AQSHning dunyoga mashhur “New-York Times” nashrida “Eng afsonaviy yo‘ldagi 12 kun: Buyuk Ipak yo‘li” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi. Unda gazeta fotojurnalisti Toni Senikola va “Sayohatlar” bo‘limi muallifi Charli Uaylder o‘z taassurotlarini o‘quvchilar e’tiboriga havola etgan.

Material ijodkorlarning 12 kun mobaynida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘ylab sayohatiga bag‘ishlangan. Mazkur safar mamlakatimiz vakolatxonasi hamda ushbu nashr hamkorligida o‘tgan yil oktabr oyida uyushtirilgan edi.

Markaziy Osiyo – O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston dunyoning uzoq asrlar davomida sivilizatsiyalar beshigi hisoblangan, Aleksandr Makedonskiydan tortib Chingizxongacha bo‘lgan shaxslarni o‘ziga jalb etgan va yaqin-yaqinlargacha g‘arbliklar borishi qiyin yoki umuman tashrif buyurishi imkonsiz sanalgan ajralmas qismidir”, — deya ta’kidlanadi maqolada.

Bir necha avlodlar tomonidan Budda va Zardusht ibodatxonalari, go‘zal masjid va madrasalar, qadimgi bozorlar va beqiyos tabiat manzaralari uzoq yillar davomida “temir parda” ortiga yashirilgan edi”, — deya ta’kidlab o‘tadi mualliflar.

Nashrda e’tirof etilishicha, “2016 yilda hokimiyat tepasiga O‘zbekistonning yangi Prezidenti kelishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasi dunyoga ochila boshladi, qo‘shnilari bilan transport-logistika rishtalari yaxshilandi, viza bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi. Xususan, 2018 yildan boshlab 100dan ortiq mamlakatlar, jumladan, AQSH fuqarolari ham parvoz va yangi elektron vizani tasdiqlagan holda O‘zbekistonda besh kun davomida vizasiz yurishlari mumkin”.

Amerikalik jurnalistlarning aytishlaricha, “O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan qo‘shni davlatlar bilan ko‘plab chegara punktlari qayta tiklandi va yangilari paydo bo‘ldi. Bu g‘arblik turistlarga qo‘shimcha qulayliklar taqdim etdi. Zero, odatda ular mintaqadagi bir nechta mamlakatga bir borganda tashrif buyurishni istashadi”.

Senikola va Uaylder Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Xiva shaharlarining tarixiy-madaniy merosiga alohida to‘xtalib o‘tishgan. Ular mushtariylarni Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni, Go‘ri Amir, Shohi Zinda maqbaralari, Labihovuz, Poyi Kalon majmualari, qadimgi Mag‘oki Attoriy masjidi va boshqa tarixiy obidalar bilan tanishtirishadi.

Sanitariya va yo‘l bo‘yidagi sharoitlar, xalqaro kartalar uchun bankomatlar cheklangani, transportda yetib olishdagi noqulayliklar bilan bog‘liq muammolarga qaramasdan, ushbu sayohat hayotimizdagi eng esda qolarli safarga aylandi va o‘shanda bu hech qachon tugamasligini xohladik”, — deya maqolasini yakunlaydi “New York Times” ijodkorlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston qanday qilib “New-York Times” jurnalistlari uchun eng esda qolarli mamlakatga aylandi?