09:21 / 16.03.2020
3 096

O‘zbekistonda tibbiy niqoblarning eksporti to‘xtatiladi

O‘zbekistonda tibbiy niqoblarning eksporti to‘xtatiladi
16 martdan boshlab tibbiy niqoblar eksporti to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishda e’lon qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda himoya niqoblarini ishlab chiqarish o‘n marotabaga oshirildi va birinchi marta himoya kombinezoni ishlab chiqarilishi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida (ayol kishi) COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Shu munosabat bilan Covid-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari 16 martdan yopilishi, Navro‘z xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar o‘tkazilmasligi hamda chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda tibbiy niqoblarning eksporti to‘xtatiladi