13:01 / 20.03.2020
6 428

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi
Avvalgi bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 9 kishi virus yuqtirgan, shuningdek, xorijdan kelgan bir o‘zbekistonlikda virus aniqlangan.

«So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.

Infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi