AQSH prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
«Navro‘z Siz va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Navro‘z tinchlik va yangilanish ramzi bo‘lmish o‘ziga xos bayramdir. Ushbu ayyom ayniqsa joriy yilda katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlarimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Siz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturi ro‘yobga chiqayotganini ko‘rish menga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Yanada yuksak ravnaq sari shu yo‘ldan harakat qilar ekansiz, Qo‘shma Shtatlar Siz va O‘zbekiston xalqining qat’iy va o‘zgarmas sherigi bo‘lib qoladi»-, deyiladi Tramp yo‘llagan tabrikda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi