21:06 / 30.03.2020
6 374

Shavkat Mirziyoyev koronavirusning salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar berish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi

Shavkat Mirziyoyev koronavirusning salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar berish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyevga «Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon loyihasi yuzasidan axborot berildi.

Loyiha davlat rahbarining topshirig‘iga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF—5969-son «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Hujjat pandemiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Prezident farmon loyihasiga yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini ko‘paytirish va narxlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari kamayib ketishining oldini olish, ularga qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etish kabi bir qator aniq choralarni kiritish zarurligi haqida mas’ullarga topshiriq berdi.

Farmon loyihasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslar va YATTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida ham imtiyozlar beriladi.

Shavkat Mirziyoyev 19 mart va 26 mart kunlari koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga murojaat qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev koronavirusning salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar berish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi