23:10 / 03.04.2020
3 579

Shavkat Mirziyoyev: «Iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Unda davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi.
– Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221 taga yetdi. Ming afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman.

Albatta, yo‘qotish oson emas. Biz hamma choralarni ko‘ryapmiz. Janubiy Koreyadan shifokorlar keldi, erta-indin Xitoydan mutaxassislar kelyapti. Germaniyadan, Rossiyadan eng yaxshi shifokorlarni olib kelamiz. Nimaga desangiz, iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak. Dunyoda qaysi mamlakatda qanday dori vositalari, qanday mutaxassislar borligini inobatga olib, hamma choralarni ko‘rishimiz kerak, – dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: «Iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak»