09:10 / 04.04.2020
2 954

Sog‘lom odamlar niqob taqishi shart emasmi?

Sog‘lom odamlar niqob taqishi shart emasmi?
Sog‘lom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob o‘zi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.
Bu haqda RIA Novosti’ga Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) rasmiy vakili Tarik Yazarevich ma’lum qildi.

Pozitsiyamiz o‘zgargani yo‘q. Sog‘lom odamlar niqob taqish shart emas. Kimda kasallik alomatlari bo‘lsa ular boshqalarni himoya qilish uchun niqob taqishlari shart. Shuningdek, bemorlarga qarayotgan kishilar, masalan, uyda niqob taqishi kerak, chunki ular yuqtirib olishi mumkin”, - dedi u.

BSST vakili “niqob o‘zi virusdan himoya qilish uchun kafolat bo‘la olmaydi“.

Niqob boshqa choralar bilan qo‘llanishi kerak. Muammo shundaki, odamlar niqob taqqanda xavfsizlikka ega bo‘lishi haqida yolg‘on fikrga keladi. Ular qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishadi. Bundan tashqari, niqobni to‘g‘ri taqishni bilmasangiz, odatdagidan ko‘ra, yuzingizga tegish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi”, - dedi Yazarevich.

Mutaxassis ta’kidlashicha, dunyodagi shifokor va tibbiyot mutaxassislari, birinchi navbatda, barcha zarur himoya vositalariga yetarli miqdorda ega bo‘lishi kerak: niqoblar, himoya ko‘zoynaklari va qo‘lqoplar. Bunga faqat fuqarolar tomonidan bu materiallarni ommaviy sotib olishni cheklash orqali erishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sog‘lom odamlar niqob taqishi shart emasmi?