23:50 / 04.04.2020
5 581

Makkada O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab, duo qilindi (video)

Makkada O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab, duo qilindi (video)
O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab Baytullohda duo qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi.
"O‘zbekiston musulmonlari idorasining "Haj" va "Umra" safarlari bo‘yicha Saudiya Arabistonidagi hamkor "al-Hidoya" shirkati vakillari Makkai mukarramadagi Harami sharifda insoniyat boshiga kelgan bu xastalikni daf bo‘lishini so‘rab, Haq taologa yolvorib quyidagi duo o‘qidilar", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik bo‘yicha ilk holat 14 mart kuni Fransiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sog‘aydi, ikkitasi vafot etdi. Ayni vaqtda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 263 nafarga yetgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og‘ir ahvolda ekanligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Makkada O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab, duo qilindi (video)