10:00 / 05.04.2020
3 765

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 298 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 298 taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 32 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 300ga yaqinlashdi.

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 298 nafarni tashkil etmoqda.
Oxirgi tasdiqlanganlarning ham barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 298 taga yetdi