16:22 / 18.04.2020
2 236

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 171 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 171 nafarga yetdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ular Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlardan bir nafari 6 yoshli qizaloq Nukus shahridan, yana bir nafari 33 yoshli erkak Andijon shahridan hamda yana bir nafar 46 yoshli ayol Namangan shahridan bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.

Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 171 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 171 nafarga yetdi