21:25 / 27.04.2020
5 677

Tahlilchilar O‘zbekistonda pandemiya tugash sanasini ma’lum qildi

Tahlilchilar O‘zbekistonda pandemiya tugash sanasini ma’lum qildi
Foto: Hasan Paydoyev/«Xalq so‘zi»
SOVID​-19 qachon tugaydi? Singapur texnologiya va dizayn universiteti (STDU) tadqiqotchilari bu haqda o‘z prognozlarini e’lon qildi. Unda mavjud ma’lumotlar tahlili qilinib, dunyoda qachon koronavirus pandemiyasi yakunlanishi aytilgan.

Undan O‘zbekiston ham joy olgan. Ya’ni Singapur olimlarining tahlillariga asosan, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi shu yilning may oyida to‘liq yakunlanadi.

STDU innovatsiyalar laboratoriyasi tomonidan chop etilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi 2 may kuni 97 foizga, 7 mayda 99 foizga tugaydi. Uning batamom 100 foizga yakunlanishi esa 23 mayga to‘g‘ri kelishi prognoz qilingan.

Ta’kidlanishicha, ushbu veb-sayt tarkibi FAQAT FAQAT ta’lim va tadqiqot maqsadlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda xatolar bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar har qanday bashoratlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Belgilangan tugash sanalariga asoslangan haddan tashqari ishonish xavflidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tahlilchilar O‘zbekistonda pandemiya tugash sanasini ma’lum qildi