07:04 / 02.05.2020
3 424

Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan

Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv chiqishi oqibatida kamida 56 kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqdaFVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni soat 17:00 atroflarida gidroinshootdan suv chiqishi to‘xtagan. Ombordan oqib chiqqan suv Oqoltin tumanidagi Abay kanaliga yo‘naltirilgan va Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga olib chiqilgan.

Hozirgi vaqtda to‘g‘on yorilgan joyda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, favqulodda vaziyatning birinchi daqiqalaridayoq Sardoba suv ombori hududi atrofida istiqomat qiladigan 70 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan hamda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida tashkil etilgan maxsus muassasalarga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, yana ming kishiga mo‘ljallangan qo‘shimcha joylar ham tayyorlanmoqda. Evakuatsiya qilingan fuqarolarni oziq-ovqat, dori-darmon va uxlash hamda dam olish joylari bilan ta’minlashmoqda.

«O‘z o‘rnida, hozirgi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda barcha ishlar sanitariya-gigiyena normalariga asosan tashkil etilgan. Bir vaqtning o‘zida evakuatsiya qilinganlarning ro‘yxati tuzilmoqda. Hozirgi vaqtga qadar jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar ham ma’lum bo‘ldi. 56 nafar fuqaro turli xil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Umuman 17,3 ming kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan», — deya ta’kidladi FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Oldinroq prezident matbuot xizmati xabar berganidek, Sardoba suv omborining to‘g‘oni 1 may kuni ertalabgi qattiq yomg‘ir va sham tufayli qisman qulab tushgan. Aholi yashash joylari, kommunikatsiya tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi maydonlariga katta talofot yetgan. Turar-joylar va boshqa obektlarni suv bosgan. Evakuatsiya qilingan aholi xavfsiz tumanlardagi maktablar, kollejlar va tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. Jabr ko‘rganlarning bir qismini boshqa mahallalar aholisi o‘z uyiga qabul qilishgan.

Voqea joyiga vertolyotda yetib borgan prezident Shavkat Mirziyoyev sharoit yaxshi bo‘lmaguncha birorta rahbar hech qayerga qimirlamasligini ta’kidladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida kol-markaz faoliyat yuritmoqda. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa raqamlarida qabul qilinadi.

Manba: Gazeta.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan