13:10 / 14.05.2020
2 631

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2100dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2100dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan koronavirusga chalingan 33 nafar bemor tuzalib chiqqani va jami tuzalganlar soni 2110 nafarga yetgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 21 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 3 nafari Tojikiston Respublikasidan, 2 nafari Qozog‘iston Respublikasidan va yana 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng keksasi 56 yosh, eng kichigi 13 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 18 nafari xorijdan kelgan, jumladan, 7 nafari Tojikiston Respublikasidan, 3 nafari Qozog‘iston Respublikasidan va 1 nafari Rossiyadan, shuningdek, yana 7 nafari Dubay-Toshkent charter reysi orqali kelib, karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 15 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 635 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 668 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2110 nafarni tashkil etmoqda.
14 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 2620 holat qayd etilgan, shu vaqtgacha tuzalib chiqqan va vafot etganlardan (11 kishi) yana 499 kishi davolanishni davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2100dan oshdi