12:36 / 16.05.2020
5 129

Koronavirus yuqtirgan bemorlarning yangi soni ma’lum qilindi

Koronavirus yuqtirgan bemorlarning yangi soni ma’lum qilindi
2020 yil 16 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2691 (+5) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari xorijdan kelgan fuqaroda aniqlangan.

U xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, shu yil 14 may kuni Rossiyadan kelgan. Shuningdek, kasallik 4 nafar oldindan karantinda bo‘lgan navoiylik fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatimizda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda bugungi kunda 522 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Koronavirus yuqtirgan bemorlarning yangi soni ma’lum qilindi