Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro 2020 yil 11 may kuni tuman IIBga murojaat qilib, Damas rusumli avtomashinasi o‘g‘irlab ketilganini bildirgan. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Aniqlanishicha, 11 may kuni soat 13:00 larda Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro A.X. o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan fuqaro J.S.ning Damas avtomashinasini u savdo do‘koniga kirib ketganidan foydalanib, noma’lum tomonga olib qochgan.
J.S.ning arizasiga asosan mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida J.S.ga tegishli avtomashina Farg‘ona shahri, «Beruniy» mahallasi, Marg‘iloniy ko‘chasi hududidan topilib, egasiga qaytarilgan.
Ushbu harakatni sodir etgan fuqaro A.X. esa ushlanib, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi