19:12 / 18.05.2020
4 031

Hokim o‘rinbosari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining 100 milliondan ortiq pullarini o‘zlashtirdi

Hokim o‘rinbosari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining 100 milliondan ortiq pullarini o‘zlashtirdi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i xabar berdi.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.A. va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N.lar oldindan til biriktirib, tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondiga hamda 2020 yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln. so‘m pullarni o‘zlashtirishgan.

Shu bilan birga, 2020 yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lardan 44 mln. so‘mni maqsadsiz sarflab, rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 16.05.2020 yilda Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hokim o‘rinbosari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining 100 milliondan ortiq pullarini o‘zlashtirdi