18:49 / 18.05.2020
2 310

OTB COVID-19 bilan kurashish uchun O‘zbekistonga $1,36 mln. ajratdi

OTB COVID-19 bilan kurashish uchun O‘zbekistonga $1,36 mln. ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki COVID-19 bilan kurashish uchun O‘zbekistonga $1,36 mln. ajratdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu grant tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari va boshqa tibbiy buyumlarni sotib olishga sarflanadi.

Shuningdek, yana 19,5 million dollar 800 ta o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalari (IVL) sotib olish uchun ajratiladi.

"O‘zbekiston hukumati COVID-19 ga qarshi kurashda resurslarni jalb qilish va tezkorlik bilan javob berdi. COVID-19 ning tarqalishi ko‘lami va tezligi ko‘pchilikni hayratda qoldirgan bir paytda, butun dunyo bo‘ylab tibbiyot xodimlarini va jamoatchilikni shaxsiy himoya vositalarini qidirib topishda, OTB O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini, xususan, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga tayyor", - deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Mulvichini.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » OTB COVID-19 bilan kurashish uchun O‘zbekistonga $1,36 mln. ajratdi