13:20 / 19.05.2020
2 570

Qarzdorning qidiruvdagi “COBALT” rusumli avtotransport vositasi topildi

Qarzdorning qidiruvdagi “COBALT” rusumli avtotransport vositasi topildi
Urganch shahridagi transport xizmati ko‘rsatuvchi jamiyat tomonidan 4 ta korxona bilan sheriklik asosida ish boshlash uchun “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Xorazm viloyat filialidan yirik miqdorda kredit olishadi.

Biroq, mazkur jamiyat tomonidan kredit qarzdorligi vaqtida qaytarilmaganligi sababli, bank tomonidan kredit qarzdorligini so‘ndirish bo‘yicha sudga murojaat qilinadi. Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil aprel oyidagi ijro varaqasiga asosan yuqoridagi korxonalardan bank foydasiga 2.03 mlrd. so‘m kredit qarzdorlikni undirish belgilangan bo‘lib, ijro ishi doirasida MIB Urganch shahar bo‘limi tomonidan qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yilgan.

Shuningdek, sherik korxona balansida bo‘lgan “COBALT” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan ham bo‘lim tomonidan 2019 yilda qidiruv e’lon qilingan.Byuroning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Xorazm viloyati, Urganch tumani, Killavut mahallasi xududidagi xonadonda yashirib ko‘yilganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Byuroning Urganch shahar bo‘limi binosiga olib kelinishi ta’minlandi.

Hozirda, Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuzasidan jamiyatning kredit qarzdorligini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qarzdorning qidiruvdagi “COBALT” rusumli avtotransport vositasi topildi